EromaX
Qo’llanishiga doir yo’riqnoma
Tarkibi:
Bitta tabletkada quyidagilar mavjud:
Tadalafil – 1,5 mg:
Tongkat Ali ildizi ekstrakti (Eigusoma Lopgifolia) – 70 mg;
jenshen ekstrakti (Panax ginseng) – 30 mg
yordamchi moddalar (yadro):
Chiqarilish shakli: 300 mgli kapsulalar
Xossalari: Tadalafil siklik guanozin monofosfat (sGMF) maxsus fosfodiesteraza 5-turi (FDE-5) ning qaytar selektiv ingibitoridir. Jinsiy qo’zg’alish azot oksidining mahalliy ajralib chiqishini yuzaga keltirganida, Tadalafil tomonidan FDE-5 ning ingibirlanishi jinsiy olatning g’alvirak tanasida sGMF kontsentrasiyasining oshishiga olib keladi. Buning oqibatida arteriyalar silliq mushaklarining bo’shashishi va jinsiy olat to’qimasiga qon oqishi kuzatiladi va bu erektsiyaga olib keladi. Jinsiy qo’zg’alish bo’lmasa, Tadalafil ta’sir qilmaydi.
Uzun bargli Evrikoma yoki Tongkat Ali – Malayziya dorivor o’simligi bo’lib, uning ildizida noyob biologik faol birikmalar mavjud. U xalq tibbiyotida ko’plab kasalliklarni davolashda (jumladan, libidoning pasayishida yoki impotentsiyada) va sportda testosteron ajralib chiqishini kuchaytirish vositasi sifatida muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Ildizidan turli kontsentrasiyali ekstraktlar tayyorlanadi. Ko’p miqdorda faol moddalar saqlaydi. Ulardan asosiylari evrikomanon va evripeptidlar hisoblanadi. Evrikomanon jinsiy funktsiyaga ta’sir qiladi, spermatozoidlar hosil bo’lishini kuchaytiradi, libidoni oshiradi va erektsiyani kuchaytiradi. Evripeptidlar anabolik ta’sir ko’rsatib, testosteron sekresiyasini kuchaytiradi.
Jenshen ekstrakti o’simlik tabiatli vosita bo’lib, adaptogen, metabolik, biostimullovchi, tetiklashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ishtahani ochadi.
Panax ginseng ning eng faol substansiyasi ginzenozidlar hisoblanadi. Ginzenozidlar azot oksidi (NO) ning potentsial donatori sifatida tizimli va mahalliy (penil) darajadagi noyob fiziologik effektlar spektriga, shuningdek, psixogen, neyrogumoral va erektil funktsiyalarni me’yorlashtiradigan foydali metabolik effektlar spektriga ega.
Qo’llanilishi
Erektil disfunktsiya, jinsiy tizim funktsiyalarini stimullaydi. Erkaklarda jinsiy libidoni tiklaydi va yaxshilaydi, erektsiya vaqtini uzaytiradi, erkaklar organizmida o’z testosteronini ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi fonida pastki siydik yo’llari simptomlari bo’lgan bemorlardagi erektil disfunktsiya.
Qo’llash usullari:
kattalar bir kunda 1 marta, ovqatlanish vaqtida 1 ta kapsuladan 3 oy yoki undan ko’proq muddat davomida qabul qilishadi. Kursni 2 haftalik tanaffusdan so’ng, mutaxassis tavsiyasiga ko’ra takrorlash tavsiya etiladi.
Maxsus ko’rsatmalar
Jinsiy faollik yurak-qon tomir kasalliklari bo’lgan bemorlar uchun potentsial xavfga ega. Shuning uchun erektil disfunktsiyani, shu jumladan “Eromaks” preparati bilan davolash jinsiy faollik tavsiya etilmaydigan shunday yurak kasalliklari bo’lgan erkaklarda o’tkazilmasligi kerak. FDE-5 ingibitorlari, jumladan Tadalafil qo’llanilganda priapizm yuzaga kelganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Bemorlar ularda 4 soat yoki undan ko’proq davom etadigan erektsiya yuzaga kelganda darhol tibbiy yordamga murojaat qilishlari zarurligi to’g’risida xabardor qilinishi kerak. Priapizm o’z vaqtida davolanmasa, jinsiy olat to’qimalarining shikastlanishi yuzaga keladi, natijada bartaraf etib bo’lmaydigan impotentsiya paydo bo’ladi.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Tadalafilga va preparat tarkibiga kiradigan har qanday moddaga nisbatan yuqori sezuvchanlik; biror organik nitratlarni o’z ichiga olgan preparatlarni qabul qilish; yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda jinsiy faollikka qarshi ko’rsatmalarning mavjudligi: so’nggi 90 kun ichida o’tkazilgan miokard infarkti, nostabil stenokardiya, jinsiy aloqa paytida stenokardiya xurujining paydo bo’lishi, oxirgi 6 oy davomida NYHA tasnifi bo’yicha II va undan yuqori sinflarga xos surunkali yurak yetishmovchiligi, nazorat qilinmaydigan aritmiyalar, arterial gipotenziya (AB<90/50 mm simob ustuni), nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziya, oxirgi 6 oy ichida o’tkazilgan ishemik insult; noarterial old ishemik optik neyropatiya (NAOION) oqibatida ko’rish qobiliyatining yo’qolishi (FDE-5 ingibitorlarini qabul qilish bilan bog’liq bo’lishidan qat’iy nazar); doksazozin, boshqa FDE-5 ingibitorlari, erektil disfunktsiyani davolaydigan boshqa dori vositalari, riosiguat kabi guanilatsiklaza stimulyatorlari bilan bir vaqtda qo’llash; surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin Cl<30 ml/daq.); laktaza yetishmovchiligi, laktozani ko’tara olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi (kam so’rilishi); 18 yoshgacha bo’lgan yosh.
Nojo’ya ta’sirlari
Erektil disfunktsiya va PBXG bo’lgan bemorlarda eng ko’p uchraydigan noxush hodisalar bosh og’rig’i va dispepsiya, shuningdek, bel og’rig’i va mialgiya hisoblanadi. Ko’rish qobiliyatining xiralashishi, ko’z olmasida og’riq hissi, yurak urishining sezilishi, taxikardiya, yuzga qon “quyilishi”, qon bosimining pasayishi, qon bosimining ko’tarilishi. Burun bitishi. Dispepsiya.
Kamdan-kam hollarda: eshak yemi, Stivens-Jonson sindromi, eksfoliativ dermatit, gipergidroz (haddan tashqari terlash). Nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lganda, qabul qilishni to’xtatib, shifokorga murojaat qilish kerak.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug’likdan himoyalangan joyda, 25°С dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.
bionormadmin –
👍🏻👍🏻👍🏻