Search

100 in stock

Vita-IVF

  • VITA-IVF” ayollarni homiladorlikka tayyorlashda ishlatiladi.
  • EKO IXI muolajalaridan oldin tengsiz hisoblanadi.

VITA-IVF

Oziq-ovqatga BFQ “VITA-IVF” ni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma

500 mg lik 1 ta kapsuladagi tarkib quyidagi miqdorlardan kam emas:

1. L-karnitin (Levocarnitinum tartrade) -200 mg

2. L-arginin (L-Arginine) -150 mg

3. E vitamini (Vitamin E) -15 mg

4. C vitamini (Vitamin C) – 25 mg

5. Magniy (Magnesium) – 80 mg

6. Foliy kislotasi (Acidum folicum) -5 mg

Chiqarilish shakli: 500 mg li kapsulalar

Xususiyatlari:

L-karnitin (levokarnitin, BT vitamini yoki B11 vitamini deb ham ataladi) – tuzilishi bo’yicha B guruhi vitaminlariga o’xshash aminokislota. Ayollarda follikulyar fazada kislorodning reaktiv shakllarini tiklaydi va oksidativ stress ta’sirida hosil bo’lgan zararli moddalarni chiqarib tashlaydi, zigota rivojlanishi buzilishini oldini oladi va immunomodulyator ta’sirga ega, bu esa homila tushishini oldini oladi.

L-arginin – jinsiy gormonlar sintezlanadigan asosiy komponent hisoblanadi. Bu aminokislotaning tanqisligi ayollarda reproduktiv kasalliklarga olib kelishi mumkin. L-arginin – inson organizmidagi azot oksidi darajasini oshiruvchi va EKU IKSI dasturlari natijalarini yaxshilaydigan muhim aminokislotadir.

E vitamini yoki tokoferol follikulalar va endometriy yetilishini kuchaytiradi, homiladorlikning asosiy gormoni – progesteron ishlab chiqarishni tartibga soladi, atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qiladi, ayniqsa, bu tez bo’linayotgan hujayralar va embrion hujayralarga tegishli.

C vitamini – kollagen (qon tomirlar devorlari va suyak to’qimalarining asosiy biriktiruvchi elementi) sintezini qo’llab-quvvatlaydi, xolesterin almashinuvida, uglevod almashinuvida va ko’plab muhim biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi. C vitamini tanqisligi homila qobig’ining erta yorilishiga olib kelishi mumkin.

Magniy – organizmdagi 300 dan ortiq biokimyoviy jarayonlarni, xususan, homiladorlik paytida intensiv kechadigan oqsil sintezi va aminokislotalar faollashuvini tartibga soladi. Magniy hujayralar orasidagi elektr signallarining uzatilishini ham ta’minlaydi. Magniy yetishmovchiligi ayollarda tez -tez uchraydi va homiladorlik paytida ayniqsa xavflidir, chunki u homila o’sishini kechiktirishi, homilaning tushishini, eklampsiya (tutqanoq va yuqori qon bosimi bilan bog’liq homilador ayollar kasalligi) ni keltirib chiqarishi mumkin.

B9 vitamini (foliy kislotasi) – hujayra bo’linishi va o’sishi uchun zarurdir, shuning uchun organizm tez rivojlanadigan davrda (bachadon ichida rivojlanishning dastlabki bosqichida), u ko’p miqdorda talab qilinadi, bachadonda platsenta va yangi qon tomirlari

shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Urug’lanish va homiladorlik paytida foliy kislotasi vitaminini qabul qilish homiladorlikning erta tugashi, qon ketishi va chaqaloqlarda asab naychalari nuqsonlari rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Qo’llanilishi: “VITA-IVF” ayollarni homiladorlikka tayyorlashda ishlatiladi. EKO IKSI muolajalaridan oldin tengsiz hisoblanadi.

Qo’llash usuli: ayollarda bir kunda 2 marta 1 ta kapsuladan 3 oy davomida ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Kursni 1 oylik tanaffusdan keyin yoki mutaxassisingiz tavsiyasiga binoan takrorlash tavsiya etiladi.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: BFQ komponentlariga nisbatan individual sezgirlik.

Maxsus ko’rsatmalar: Dori vositasi hisoblanmaydi! Qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Nojo’ya ta’sirlari: Nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lganda, qabul qilishni to’xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Saqlash sharoiti: Quruq va qorong’i joyda, xona haroratida saqlansin.

Reviews

There are no reviews yet.

Write a review

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bestsellers

EromaX - erkaklar uchun kuch va energiya manbayi

(1 Review)
• Tabiiy testosteron ishlab chiqarishni normallashtiradi. • Jinsiy ishtiyoqni kuchaytiradi - libido. • Tos bo'shlig'ida qon aylanishini tezlashtiradi va jinsiy olatni, potentsialni oshiradi.

FertiFortePlus - mikroelementlar, aminokislotalar va vitaminlar kompleksi

(0 Reviews)
• Spermani qobiliyatini, hajmi, konsentratsiyasi, sifati va unumdorligini oshiradi. • Sog'lom spermatozoidlarning pishishiga yordam beradi, zararli moddalarni kamaytiradi. • Erkaklarda reproduktiv funktsiyani yaxshilaydi, bu esa kontseptsiyaga yordam beradi. • EKO protsedurasining muvaffaqiyat darajasini oshiradi (IXI)

BioSoft - intim zonalar uchun sprey

(0 Reviews)
  • Bakterial vaginoz;
  • Bachadon bo'yni eroziyasi;
  • Poliplar;
  • Endometrioz;
  • Teri qichishishi;
  •  Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarnin oldini olish uchun;

Vita-IVF

(0 Reviews)
  • VITA-IVF" ayollarni homiladorlikka tayyorlashda ishlatiladi.
  • EKO IXI muolajalaridan oldin tengsiz hisoblanadi.

BioCarnit Forte

(0 Reviews)
  • Erkaklar bepushtligining sekretor shaklida (oligo, asteno, teratoz oospermiya);
  • Ish qobiliyati va chidamlilikni oshirishda;
  • Tana massasini kamaytirishda, yog' almashinuvini faollashtirishda;
  • Ishtahani yaxshilashda;
  • Antigipoksik va anabolik ta'sir ko'rsatishda;

 

 

Back to Top
Product has been added to your cart