Search

100 in stock

FertiFortePlus – mikroelementlar, aminokislotalar va vitaminlar kompleksi

• Spermani qobiliyatini, hajmi, konsentratsiyasi, sifati va unumdorligini oshiradi.
• Sog’lom spermatozoidlarning pishishiga yordam beradi, zararli moddalarni kamaytiradi.
• Erkaklarda reproduktiv funktsiyani yaxshilaydi, bu esa kontseptsiyaga yordam beradi.
• EKO protsedurasining muvaffaqiyat darajasini oshiradi (IXI)

FertiFortePlus

Oziq-ovqatga BFQ “Fertiforteplus” ni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma

Kundalik doza (har biri 650 mg dan 2 ta kapsula) tarkibi quyidagi miqdorlardan kam emas:

1. L-karnitin (Levocarnitinum tartrade)-1000 mg

2. Glutation (Glutathionum) – 150 mg

3. L-arginin (L-Arginine) -100 mg

4. C vitamini (Vitamin C) -50 mg

5. E vitamini (Vitamin E) -30 mg

6. Rux (Zincum) – 20 mg

7. B6 vitamini (Vitamin B6) – 2.5 mg

8. B12 vitamini (Vitamin B12) – 0,0025 mg

9. D3 vitamini (Vitamin D 3) – 0,01 mg (400 XB ga teng)

Chiqarilish shakli: 650 mg li kapsulalar

Xususiyatlari: Ta’siri BFQ tarkibiga kiruvchi komponentlarning xossalariga bog’liq

L-karnitin (levokarnitin, BT vitamini yoki B11 vitamini deb ham ataladi) – tuzilishi bo’yicha B guruhi vitaminlariga o’xshash aminokislota. U Krebs tsiklidagi yog’ kislotalarning metabolizmida ishtirok etadi va shu orqali, organizmni spermatozoidlarning yetilishi, harakati va spermatogenez jarayoni uchun ishlatiladigan energiya bilan ta’minlaydi.

Glutation – tripeptid hisoblanadi. U odam organizmidagi eng kuchli antioksidantlardan biri. Glutation spermatozoidlarning o’rta qismini barqarorlashtiradi va hujayra membranasini lipidli peroksidlanishdan himoya qiladi.

L-arginin – odam tanasida azot oksidi miqdorini oshiruvchi, sperma ishlab chiqarishni ko’paytiruvchi va o’sish gormoni sekresiyasini kuchaytiruvchi muhim aminokislotadir. Sperma oqsillaridagi arginin umumiy miqdorining 80% ini tashkil etadi va uning yetishmasligi patozoospermiyaga olib kelishi mumkin. L-arginin sperma shakllanishi va yetilishi uchun zarurdir. L-arginin spermatozoidlarning sifati va harakatchanligini yaxshilaydi.

С vitamini organizmdagi С vitamini tanqisligini to’ldiradi, metabolik, antioksidant ta’sir ko’rsatadi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.

E vitamini – spermatozoidlarning oksidativ stressini kamaytirishga yordam beradi va reproduktiv hujayralar DNKsini shikastlanishdan himoya qiladi.

Rux – erkaklar jinsiy organlarining sog’lom ishlashi uchun muhim omil hisoblanadi. Bu elementning tanqisligi erkaklar jinsiy bezlari va moyaklarning regressiyasiga olib keladi. O’rtacha darajadagi rux tanqisligi sperma sonining kamayishiga olib keladi.

В6 vitamini va В12 vitamini. Erkaklar organizmida ushbu vitaminlarning yetishmasligi spermatozoidlar harakatchanligining pasayishiga olib keladi va ularning morfologiyasiga salbiy ta’sir qiladi, bu esa urug’lanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

D3 vitamini. Organizmda ushbu modda yetishmaganda spermatozoidlarning harakatchanligi sezilarli darajada pasayadi, shuningdek morfologik anormal spermatozoidlar soni ko’payadi. D3 vitamini tanqisligi gipogonadizm va boshqa reproduktiv kasalliklarga olib kelishi mumkin.

“Fertiforteplus” ni qo’llashga ko’rsatmalar: Erkaklar bepushtligini davolashga, spermogramma ko’rsatkichlarini ham sifat (kontsentrasiyasi, spermatozoidlar harakatchanligi) va ham miqdor jihatdan yaxshilashga mo’ljallangan, spermatogenezni kuchaytiradi. EKU IKSI muolajalaridan oldin tavsiya etiladi.

Qo’llash usuli: Kattalar bir kunda 2 marta 1 ta kapsuladan ovqat vaqtida 3 oy davomida qabul qilishadi. Kursni 1 oylik tanaffusdan keyin yoki mutaxassis tavsiyasiga binoan takrorlash tavsiya etiladi.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: BFQ komponentlariga nisbatan individual sezgirlik.

Maxsus ko’rsatmalar: Dori vositasi hisoblanmaydi! Qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Nojo’ya ta’sirlari: Nojo’ya ta’sirlar paydo bo’lganda, qabul qilishni to’xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Saqlash sharoiti: Quruq va qorong’i joyda, xona haroratida saqlansin.

Reviews

There are no reviews yet.

Write a review

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bestsellers

EromaX - erkaklar uchun kuch va energiya manbayi

(1 Review)
• Tabiiy testosteron ishlab chiqarishni normallashtiradi. • Jinsiy ishtiyoqni kuchaytiradi - libido. • Tos bo'shlig'ida qon aylanishini tezlashtiradi va jinsiy olatni, potentsialni oshiradi.

FertiFortePlus - mikroelementlar, aminokislotalar va vitaminlar kompleksi

(0 Reviews)
• Spermani qobiliyatini, hajmi, konsentratsiyasi, sifati va unumdorligini oshiradi. • Sog'lom spermatozoidlarning pishishiga yordam beradi, zararli moddalarni kamaytiradi. • Erkaklarda reproduktiv funktsiyani yaxshilaydi, bu esa kontseptsiyaga yordam beradi. • EKO protsedurasining muvaffaqiyat darajasini oshiradi (IXI)

BioSoft - intim zonalar uchun sprey

(0 Reviews)
  • Bakterial vaginoz;
  • Bachadon bo'yni eroziyasi;
  • Poliplar;
  • Endometrioz;
  • Teri qichishishi;
  •  Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarnin oldini olish uchun;

Vita-IVF

(0 Reviews)
  • VITA-IVF" ayollarni homiladorlikka tayyorlashda ishlatiladi.
  • EKO IXI muolajalaridan oldin tengsiz hisoblanadi.

BioCarnit Forte

(0 Reviews)
  • Erkaklar bepushtligining sekretor shaklida (oligo, asteno, teratoz oospermiya);
  • Ish qobiliyati va chidamlilikni oshirishda;
  • Tana massasini kamaytirishda, yog' almashinuvini faollashtirishda;
  • Ishtahani yaxshilashda;
  • Antigipoksik va anabolik ta'sir ko'rsatishda;

 

 

Back to Top
Product has been added to your cart